O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20—21 yanvar kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘ldi. O‘zA xabariga asoslanib Daryo yozishicha, Shavkat Mirziyoyev Ibroyim Yusupov nomidagi iqtidorli bolalar maktabi qurilish uchastkasiga tashrif buyurdi.
O‘zbekison Prezidenti maktab loyihasini takomillashtirish, xususan, bino oldida maydon barpo etish va bu erda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupov haykalini o‘rnatish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Maktab bazasida kichik bosmaxona tashkil etib, turli adabiyotlarni tarjima qilib, chop etish lozimligi ta’kidlandi.
Ma’lumot uchun, 1929—2008 yillarda yashab, ijod qilgan Ibroyim Yusupov XX asr ikkinchi yarmi — XXI asr boshlaridagi qoraqalpoq adabiyoti tarixida yorqin sahifani tashkil qiladi. U 2004 yili O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning farmoni bilan «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi