
Komil Ismoilovich Allamjonov muhim lavozim — Maslahatchi-vakolatli namoyanda, ya’ni Prezident Administratsiyasining AQShdagi vakolatli namoyandasi etib tayinlandi. Bu haqdagi farmoyishga Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning ko‘rsatmasi qabul qilindi. Komil Allamjonov joriy yil iyun oyidan buyon jamoatchilik asosidagi mustaqil maslahatchi lavozimidagi faoliyatini ham parallel ravishda davom ettiradi.
Yangi kengash bilan bevosita aloqa
Bu tayinlov joriy yil noyabr oyida prezident farmoniga muvofiq tuzilgan Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi bilan bevosita bog‘liq. Kengash strategik biznes tashabbuslarini muvofiqlashtirish, yirik investitsiya va savdo loyihalarini rivojlantirish va nazorat qilish bilan shug‘ullanadi. Kengashga O‘zbekiston tomonidan Saida Mirziyoyeva, Amerika tomonidan esa AQSh prezidentining maxsus vakili Serjio Gor birgalikda boshqarib boradi.
Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi tuzilmasiga qo‘shimcha Maslahatchi elchi – Prezident Administratsiyasining AQShdagi vakili lavozimi kiritilishi belgilandi. Yangi lavozim egasi o‘z faoliyatida PA rahbariga mas’ul va O‘zbekistonning AQShdagi diplomatik vakolatxonasi rahbari faoliyatini ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish qismida ko‘maklashishga javobgardir.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.