O‘zbekistonda 3 ta yangi telekanal ish boshlash arafasida

O‘zbekistonda 3 ta yangi telekanal ish boshlash arafasida
O‘zbekistonda 3 ta yangi telekanal ish boshlash arafasida

Tez orada O‘zbekistonda 3 ta yangi telekanal faoliyatini boshlaydi. Bu haqda O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi raisi Firdavs Abduholiqov ma’lum qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” loyihasining jamoatchilik muhokamasiga bag‘ishlangan media-haftalik ochilish marosimida so‘zga chiqqan Firdavs Abduholiqov “Zo’r TV”, “Futbol TV”, “Karavan TV” telekanallari ish boshlash arafasida turganini aytdi.

Telekanallar efiri yuqori sifatli HD formatda bo‘lishi kutilmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar