
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2025-yil 24-noyabrda Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha shoshilinch chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi. Hujjat poytaxtdagi havo ifloslanishini kamaytirish va iqlim o‘zgarishlari ta’sirini kamaytirishga qaratilgan keng qamrovli qadam hisoblanadi.
Ko‘kalamzorlashtirish va «Yashil koridor»lar
Hujjatga ko‘ra, 2026-yilning bahor va kuz mavsumlarida Toshkent ko‘chalari bo‘ylab katta hajmdagi ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilib, alohida «Yashil koridor»lar tashkil etiladi. Bu tashabbus shahar mikroiqlimini yaxshilash, changlanishni kamaytirish va aholi uchun qulay piyodalar va dam olish maskanlarini tashkil etishga xizmat qiladi.
«Aqlli» svetoforlar va nazorat
Shu bilan birga, zamonaviy texnologiyalar ham faol joriy etiladi: shahar bo‘ylab 700 ta chorrahada «aqlli» svetoforlar o‘rnatilib, sun’iy intellekt yordamida transport oqimi boshqariladi. Bu transport tirbandligi va zararli chiqindilar miqdorini sezilarli darajada qisqartirishga yordam beradi.
Salomatlik nazorati kuchaytirilmoqda
Farmon doirasida Sog‘liqni saqlash va Ekologiya qo‘mitalariga havo ifloslanishining aholi salomatligiga ko‘rsatayotgan ta’sirini doimiy o‘rganish, nafas yo‘llari kasalliklari bo‘yicha statistika va profilaktik tadbirlarni kuchaytirish vazifasi topshirildi. Bu choralar aholini ekologik xavflardan himoya qilishga qaratilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.