26 yanvar kuni "2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi" loyihasiga bag‘ishlangan mediahaftalikda navbatdagi yo‘nalish bo‘yicha taqdimot va muzokaralar o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Kun.uz sayti.
"Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari"ga bag‘ishlangan bugungi tadbirda oylik va maoshlar, nafaqa va ijtimoiy nafaqalarning bosqichma-bosqich oshib borilishi, aholi bandligini oshirishning samarali usullari, aholini arzon va zamonaviy uy-joylar bilan ta’minlash, aholining yashash sharoitini yaxshilash, ijtimoiy infratuzilmani modernizasiya qilish, aholini ijtimoiy himoya qilish, sog‘liqni saqlash tizimi, ta’lim va fan sohasi bo‘yicha taqdimotlar namoyish etildi.
To‘rtinchi yo‘nalish o‘z ichiga ko‘plab muhim sohalarni qamrab olgani uchun qizg‘in muhokamalarga boy bo‘ldi. Ishtirokchilar notiqlarga o‘z savol va takliflarini yo‘llab, javob olishga muvaffaq bo‘lishdi.
Ayni damda ijtimoiy tarmoqlardaga foydalanuvchilar orasida ommalashgan "Maktablarning 11 yillik ta’lim tizimiga qaytishi" haqidagi savolga ham oydinlik kiritildi.
Mazkur savolga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Dilmurod Turdiev quyidagicha javob berdi:
"Hozirda biz 9+3, ya’ni 9 yil maktab va 3 yil lisey yoki kasb-hunar kollejlardagi ta’lim tizimi bo‘yicha ishlaymiz va bu tizim o‘zini to‘laqonli oqlamoqda. Agarda mazkur masalada qandaydir o‘zgarishlar bo‘lsa, OAV xodimlari, albatta, birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘lishadi".
Demak, maktablarning 11 yillik ta’lim tizimga qaytishi haqida tarqalgan gaplar shunchaki mish-mish ekanligi tasdiqlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi