29 yanvar kuni soat 19.00da "Mening yurtim" telekanalida O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov haqida hujjatli film namoyish etildi.
"Mustaqil O‘zbekiston asoschisi" hujjatli filmi YouTube portaliga joylashtirildi.
Bu film O‘zbekistonning eng og‘ir va murakkab burilish davrida unga etakchilik qilishni zimmasiga olgan inson, mard va oqil siyosatchi — Islom Karimov haqida.
Filmda Islom Karimovning hayoti, buyuk madaniyat va tarixga ega bo‘lgan xalqni hurlikka etaklagan davrlari, mamlakat tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida amalga oshirgan ishlari, O‘zbekistonni uzoq yillik istibdoddan keyin mustaqil va o‘zini tiklab olgan davlatga aylantirish yo‘lidagi qadamlari aks ettirilgan. Bu filmda o‘zbekistonliklar birinchi prezidentning sog‘inilgan ovozini, uning xalqqa, o‘z ta’biri bilan aytganda, "farzandlari"ga murojaatlarini yana tinglaydi, ko‘zlar yoshlanadi...
Film mustaqil davlatning 25 yillik tarixidagi asosiy voqealarni qamrab olgan. Filmda bir-biridan ta’sirli lavhalar o‘rin olganki, bu lavhalar uchun uni yana takror tomosha qilish mumkin.
Bu film uchun "Mening yurtim" telekanali ijodkorlariga minnatdorchilik bildirgan holda qo‘shimcha qilib aytish mumkinki, Islom Karimovdek murakkab shaxs haqida yanada zalvorli film olish ham mumkin va O‘zbekiston xalqi bunday tashabbusni kutib qoladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi