
Bugun O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti, millat otasi bo‘lmish marxum Islom Karimovning tavallud ayyomi. Shu munosabat bilan yurtimizning barcha go‘shalarida xotira kechalari va turli tadbirlar uyushtirib kelinmoqda, deb xabar beradi "Diydoraziz".
Lola Karimova-Tillaeva ham ijtimoiy tarmoqdagi sahfasida otasini yod etib quyidagi kechinmalarini yozib qoldirdi.
«Hamisha 30 yanvar kuni biz Sizni tavallud ayyomingiz bilan qutlashga oshiqar edik. Bugun esa o‘zgacha…..Siz endi bizning oramizda yo‘qsiz, aziz otajonim…Shunday bo‘lsa-da, biz dildan doimo sizning borligingizni his etib turamiz….To qalblarimizdagi muhabbat abadiy yashar ekan, siz ham yuraklarimizda mangu qolajaksiz.»- deb yozadi Lola Karimova. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar