16:42 / 01.02.2017
6 546

O‘zbekiston Afg‘onistonga nisbatan siyosatini o‘zgartirmoqchi

O‘zbekiston Afg‘onistonga nisbatan siyosatini o‘zgartirmoqchi

O‘tgan haftada tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov rahbarligidagi O‘zbekiston delegasiyasi Kabulga tashrif buyurgani xabar qilingan edi.

O‘zbek delegasiyasi Afg‘oniston poytaxtiga uyushtirgan safari chog‘ida ushbu mamlakat prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani bilan uchrashdi. U «mintaqaviy siyosatga doir masalalar bo‘yicha tomonlar vakillarining qarashi to‘liq mos kelishi»ni aytdi. Ashraf G‘ani O‘zbekiston tomonining yaqin orada Toshkentga tashrif buyurishga doir taklifini qabul qildi. Tomonlar muzokaralar chog‘ida O‘zbekistondan Afg‘onistonga va aksincha yuklarni tranzit qilishdagi qiyinchiliklarni bartaraf etishga kelishib olishdi. Bu haqda Kun nashri yozmoqda.

24 yanvar kuni ushbu tashrif doirasida savdo-iqtisodiy hamkorlikka doir «yo‘l xaritasi» imzolandi. Uni hayotga tatbiq etish qisqa muddatlar ichida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aylanmasini 1,5 mlrd dollarga etkazishni ko‘zda tutadi. Bundan tashqari, Kabul va Toshkent vakillari «transport infratuzilmasida o‘zaro hamkorlikni yanada rvojlantirish bo‘yicha kelishib olishdi. Bu esa, o‘zbek tomonining temir yo‘l va avtoyo‘llarga doir qo‘shma loyihalarda ishtirokini ta’minlaydi».

Yanvar oyi oxirlarida bo‘lib o‘tgan uchrashuv ishtirokchilari, xavfsizlik masalasi bo‘yicha qo‘shma komissiya tuzishga ham kelishib olishdi. Ikki davlat ichki ishlar mahkamalari giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga hamkorlikda qarshi kurashish bo‘yicha kelishuvni imzolashdi. O‘zbekiston delegasiyasi tarkibida Afg‘onistonga tashrif buyurgan tadbirkorlar 50 mln dollarlik dori-darmonlar va tibbiy anjomlar, «tez yordam» avtomobillari, bug‘doy, maishiy texnikalarni etkazib berishga doir qator shartnomalarni imzolagan.

Rasmiy Toshkent vakillariga ko‘ra, «afg‘on muammosi faqat tinch siyosiy muzokaralar natijasida erishiladigan milliy afg‘on hamfikrligi asosida hal etilishi kerak. Buni BMT shafeligida hech qanday dastlabki shartlarsiz tashkil etish lozim».

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston Afg‘onistonga nisbatan siyosatini o‘zgartirmoqchi