Unga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida eng past natijani qayd etgan (3 ball). Umumiy ro‘yxatda esa dunyo bo‘yicha 4-o‘rinni egallagan.
Erkinlik darajasi eng past davlatlar ro‘yxati:

Siyosiy huquq va fuqaro erkinligi masalalari bo‘yicha eng yaxshi sharoit Finlyandiya, Norvegiya, Shvesiya, Kanada va Niderlandiyada qayd etilgan.
Freedom House ekspertlari bu yilgi ro‘yxatdan shunday xulosaga kelishgan: butun dunyoda siyosiy va fuqaro erkinlik darajasi mana o‘n yildirki, ketma-ket pasayib bormoqda.
Reyting 195 mamlakatni o‘z ichiga olgan. Barcha davlatlar shartli ravishda siyosiy va fuqarolik huquqlarini ta’minlash tamoyiliga ko‘ra, uch guruhga ajratilgan: erkin, qisman erkin va erkin bo‘lmagan davlatlar.
Erkinlik darajasi 100 balli shkala bo‘yicha baholanadi, ya’ni 100 - eng baland ko‘rsatkich, 0 - eng past ko‘rsatkich. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar