O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi 1 fevral kuni xo‘jalik sub’ektlariga chet el valyutasi tushumini majburiy sotish tartiblariga o‘zgartishlar kiritdi. Bu haqda «Gazeta.uz»ning hukumatdagi manbasi ma’lum qildi.
Bungacha markazlashtirilmagan eksport faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar xorijiy valyutadagi tushumlarining 50 foizini vakolatli banklarga majburiy ravishda sotgan bo‘lsa, endilikda mahsulotlar va xizmatlar sotuvidan tushgan valyutaning faqatgina 25 foizini majburiy tartibda sotadi.
Istisno tariqasida 16 turdagi mahsulot va xizmat eksportidan tushgan valyutaning 50 foizini sotish majburligi saqlanib qoladi. Mazkur ro‘yxatdan bug‘doy, tabiiy gaz va neftgaz sohasining boshqa mahsulotlari (shu jumladan tranziti), uran, polietilen, polipropilen, qora metallar, mis va rux, vodorod, nodir gazlar va boshqa metallmaslar, qimmatbaho bo‘lmagan metallar va boshqalar o‘rin olgan.
Ro‘yxatdan aviatransport xizmatlari, temir yo‘l transporti xizmatlari, telekommunikasion va bank xizmatlari ham o‘rin olgan.
Eslatib o‘tamiz, tayyor mahsulotlarni eksport qiluvchi tekstil sohasi korxonalari va o‘zlari ishlab chiqargan mahsulot hamda xizmatlar eksportini amalga oshiruvchi kichik biznes sub’ektlari valyuta tushumini majburiy sotishdan ozod qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”