date

Toshkentga Belgiyadan 93 tonna nasldor qoramol keltirildi

Toshkentga Belgiyadan 93 tonna nasldor qoramol keltirildi

8 dekabr kuni Toshkent xalqaro aeroportida muhim yuk amaliyoti bajarildi. Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan 1:15 da Air Atlanta Icelandic aviakompaniyasining Boeing 747-400 samolyoti Lej (Belgiya) shaxridan 93 tonna tirik qoramolni olib keldi.

Yuk tarkibida Germaniya va Avstriyadan keltirilgan Simmental va Golshtin zotlariga mansub sigirlar bo‘lib, ular yuqori mahsuldorligi va sifatli sut-go‘sht berishi bilan tanilgan. Chorva mollarini tushirish va qabul qilish jarayonlari veterinariya qoidalariga muvofiq amalga oshirildi.

O‘zbekistonda nasldor chorva importini rag‘batlantiruvchi mexanizmlar ham yangilanmoqda. Subsidiyalar 2030 yilgacha uzaytiriladi, 2026 yildan boshlab 1 kunlik jo‘jalar importi uchun qo‘llaniladigan tartib faqat mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qilinganda amal qiladi.

2027 yil oxirigacha tirik qoramol, qo‘y va echki importida tadbirkorlarga QQSni 180 kunga kechiktirib to‘lash va qaytarib olish imkoni beriladi. Shuningdek, 2026 yildan veterinariya ruxsatnomalarini tekshirish muddati ikki barobar qisqaradi.

Chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar uchun yana bir yengillik — ozuqabop ekinlar uchun yer uchastkalarini elektron auksiondan olib, to‘lovni 5 yil davomida bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentga Belgiyadan 93 tonna nasldor qoramol keltirildi