Hayotimizdagi ijtimoiy muammolarni ko‘tarib chiqishdan charchamaydigan blogerlaridan biri Sanjar Said jamiyatning yana bir og‘riqli nuqtasini qalamga oldi, deydi "Diydoraziz" sayti.
«Yaponiya bosh vaziridan mamlakatning texnologik taraqqiyoti siri nimada ekanligi so‘ralganda, uning javobi quyidagicha bo‘lgan: “Biz o‘qituvchilarga vazirlarning maoshini, diplomatlarning daxlsizligini va imperatorning hurmatini berdik”.
O‘qituvchi deganda ko‘z o‘ngingizga kim gavdalanadi? Sizlarni bilmadimu, men ziyoli, o‘qimishli, dono, jamiyatning eng ilg‘or fikrli vakillari, taraqqiyparvar, ma’rifatparvar kishilarni ko‘rgim keladi. Ularning joyi qayerda deb o‘ylaysiz? Sizlarni bilmadimu, men ularni na qurilish maydonida, na paxta dalasida, na chiqindixonada ko‘rishni istamayman. Ularning joyi sinf xonasida, hattoki maktabdagi tungi navbatchilik stolida ham emas. Ularning ishi nimadan iborat deb o‘ylaysiz? Men ularning ishi bolalarga dars o‘tishdan iborat bo‘lishi kerak, deb o‘ylayman. Ularning bo‘sh vaqti ham bo‘lib, bu paytda oilasi bilan odamlarday yashashi lozim, deb hisoblayman. O‘qituvchi maoshini nimalarga ishlatishi kerak? Bu ularning shaxsiy ishi, nimaga sarflashini o‘zlari mustaqil, bosimlarsiz hal qilsin, o‘z ehtiyojlariga sarflasin, nima ular hech narsaga muhtoj emas, deb o‘ylaysizmi? Na metallolomga, na obunaga, na komissiya va na bolalar sporti jamg‘armasiga majburiy ajratilmasligi zarur.
O‘qituvchi — inson, temir xotin yoki sog‘in sigir emas! “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi