7 234
Qamchiq dovonida qor ko‘chkisi sabab transport vositalarining harakati to‘xtatildi
2017 yil 3 fevral kuni soat 09:40 da A-373 «Toshkent—O‘sh» avtomobil yo‘lining «Qamchiq» dovonidan o‘tgan 233 kilometrida hajmi 1000 metr kubgacha, soat 10:30 da esa yo‘lning 243 kilometrida hajmi 250 metr kub bo‘lgan qor ko‘chkisi sodir bo‘lgan. Bu haqda Sof.uz xabar bermoqda.
Olingan xabar bo‘yicha FVV va «O‘zavtoyo‘l» kompaniyasi tomonidan avtomobil yo‘lining ushbu uchastkalarida qordan tozalash ishlari olib borilmoqda. Qor ko‘chkisi talofatlar keltirib chiqarmagan, aholi o‘rtasida jabrlanganlar yo‘q.
Shu kuni «Toshkent—O‘sh» avtomobil yo‘lining qor ko‘chkisi xavfi mavjud, Qamchiq dovonidan o‘tgan 228—253-kilometrlarida hamda boshqa uchastkalarda FVV va IVV YHXBB kuch va vositalari tomonidan avtotransport vositalarining harakati to‘xtatilgan.
Toshkent viloyatining Ohangaron va Angren shaharlari hamda Namangan viloyatining Pop tumanida avtotransport haydovchilari va yo‘lovchilarni qabul qilish bo‘yicha barcha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
«‘Qamchiq’ dovonidan o‘tishga ulgurmagan avtotransport haydovchilari va yo‘lovchilarni Toshkent viloyatining Ohangaron va Angren shaharlari hamda Namangan viloyatining Pop tumanidagi mavjud umumovqatlanish shoxobchalariga joylashtirilmoqda. Ular uchun barcha sharoitlar (issiq ovqat, ichimlik suvi, dam olish joylari) yaratilgan», — deyiladi FVV axborotida.
Qor qatlami yig‘iladigan joylar holati mustahkam emas, qor ko‘chishi xavfi mavjud. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”