17:33 / 07.02.2017
11 765

4,2 million oilaga limon etishtirish va tovuq boqish uchun kreditlar beriladi

4,2 million oilaga limon etishtirish va tovuq boqish uchun kreditlar beriladi

Vazirlar Mahkamasining «Shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklari faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokama uchun taqdim etildi, deb xabar berdi Kun nashri.

Loyihaga ko‘ra, kelgusi 3 yil davomida mamlakatdagi xususiy dehqon xo‘jalikariga 10 mingdan ortiq sitrus meva ko‘chatlari va 85 ming jo‘ja etkazib berish rejalashtirilgan. Xo‘jaliklar qo‘shimcha sitrus mevalari va parrandachilik mahsulotlari etishtirishi ko‘zda tutilgan.

Prognozlarga ko‘ra, xususiy dehqon xo‘jaliklarida limon etishtirish va tovuq boqish ishlari bilan 4,2 mln oila shug‘ullanadi. Bu oilalar etishtirgan mahsulotlar sotilishi uchun tumanlarda agrofirmalar tashkil etiladi.

Xo‘jaliklar issiqxonalar qurish va parranda saqlashga sharoit yaratish uchun kam foizli imtiyozli kreditlar olishi mumkin bo‘ladi. Markaziy bank tomonidan issiqxonalar qurish uchun beriladigan kreditlar muddati 5 yil, parrandachilik uchun ajratilayotgan kreditlar muddati esa 3 yilni tashkil etadi.

Ajratiladigan bank kreditlari sug‘urta kompaniyalari tomonidan kafolatlanadi. Buning uchun hukumat maxsus qaror qabul qilib, sug‘urta hamkorliklari tashkil etishni rejalashtirgan. Rejaga ko‘ra, bir tomon kafolatlangan mablag‘ni to‘lay olmasa, boshqalari to‘lashi kerak bo‘ladi.

Normativ-huquqiy aktlarni muhokama qilish portalida joylashtirilgan loyiha 17 fevralgacha muhokama qilinishi davom etadi. Qaror loyihasi o‘zgartirilishi, qo‘shimchalar qo‘shilishi yoki butunlay bekor qilinishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 4,2 million oilaga limon etishtirish va tovuq boqish uchun kreditlar beriladi