6 798
Toshkent—Samarqand yo‘lining Qozog‘istondan o‘tgan qismi bir-ikki haftada ochiladi
O‘zbekiston va Qozog‘iston fevral oyining oxirigacha M-39 yo‘lining Qozog‘istondan o‘tgan qismini rekonstruksiya qilishni yakunlashga kelishib olishdi, bu xaqda Sputnik nashriga Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Erik Utembaev xabar qildi.
Uning so‘zlariga qaraganda O‘zbekiston va Qozog‘iston tomonari yo‘lni ochish uchun kerakli tayyorgarlikni izchil ravishda olib borgan. Xususan, ikki mamlakatning chegaradan o‘tkazish postlari belgilab olingan va ular tunu-kun ishlash tartibiga o‘tkazilgan.
"Oldin postlar faqat kunduzi ishlar edi, endi bo‘lsa ulardan ikkitasi tunu-kun ishlash tartibiga o‘tkazilgan. Asosiysi O‘zbekiston fuqarolariga Qozog‘iston chegarasidan o‘tish jarayoni osonlashtirildi. Qozog‘iston hududuiga kirishda O‘zbekiston fuqarolari migrasiya kartochkalari to‘ldiradi, chiqishda esa uni topshiradi. Pasportlarga shtamp qo‘yilmaydi", — dedi diplomat.
Migrasiya kartochkalari shaxsiy tartibda xususiy avtomobilda o‘tayotganlar va guruh bilan avtobusda o‘tayotganlar uchun ham amal qiladi. Chegarada o‘tishda hech qanday to‘lov olinmaydi.
"Biz harakatni fevral oxirigacha ishga tushiramiz. Qozog‘iston tomonidan qilinishi kerak bo‘lgan barcha amaliyotlar yakunlandi. O‘zbekiston tomonidan ham barcha kerakli ishlar bajarilganidan keyin birgalikda chegarani ochamiz. Bu yaxshi qadam bo‘ldi, bu turistik oqimlar ko‘payishiga xizmat qiladi", — dedi Erik Utembaev.
Bugungi kunda qozg‘istonlik yo‘lchilar, avtoyo‘lni qayta ochish uchun kerak bo‘ladigan rekonstruksiyaning birinchi bosqichini yakunlagan. Keyinchalik esa yo‘lning ushbu qismi eng yuqori standarlar darajasiga etkizish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, M-39 yo‘lining Qozog‘istondan o‘tgan qismi 2006 yilda berkitilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi