date

Prezident archasi doirasida yetim bolalarga ijtimoiy karta va depozit hisoblari berildi

Prezident archasi doirasida yetim bolalarga ijtimoiy karta va depozit hisoblari berildi

“Prezident archasi” tashabbusi doirasida 0–17 yoshdagi 8 mingdan ortiq yetim hamda ota-ona qaramog'isiz qolgan bolaga davlat tomonidan 500 dollarlik shaxsiy depozit hisoblari ochildi. Mablag'lar hisobda jamg'arib boriladi, ulardan bola 18 yoshga to'lgach, kattalar hayotiga ilk qadamlarini qo'yishda foydalanishi mumkin. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.

Shuningdek, 9 yoshdan boshlab davlat g'amxo'rligiga alohida ehtiyoji bor bolalar va ularning qonuniy vakillariga ijtimoiy kartalar topshirildi. Bu kartalar orqali jamoat transportidan imtiyozli foydalanish, xarid va xizmatlar uchun to'lov qilish, shaxsni tasdiqlash, ijtimoiy yordam hamda xizmatlarni olish mumkin. Barcha amaliyotlar Baraka mobil ilovasi orqali kuzatilib, nazorat qilinadi.

Ijtimoiy karta oluvchilar qatoriga mahallalarda yashayotgan yetim va ota-ona qaramog'isiz bolalar, bolalar uylari hamda oilaviy va kichik bolalar uylari tarbiyalanuvchilari, SOS bolalar qishloqlari tarbiyalanuvchilari, Vatan chegaralarini himoya qilish chog'ida halok bo'lganlarning farzandlari, shuningdek “Taskin” hospisi huzuridagi bolalar onkologiya shifoxonasida davolanayotgan bolalar kiritildi.

“Taskin” bolalar hospisidagi tarbiyalanuvchilar uchun alohida tartib belgilangan: zarurat tug'ilsa, qonuniy vakillar murojaatiga asosan depozit hisobidagi mablag'lar istalgan vaqtda bank kartasiga o'tkazib berilishi mumkin. Eslatib o'tamiz, “Taskin” nomli ilk bolalar hospisi 2022 yil yozida “Zangiata-2” ixtisoslashtirilgan shifoxonasi bazasida tashkil etilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezident archasi doirasida yetim bolalarga ijtimoiy karta va depozit hisoblari berildi