19 970
O‘zbekistonda yong‘oq, bodom, tok mevalarini ekish plantasiyasi tashkil etilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2016 yilning 5 oktyabr kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyurganida Urgut tumani erlaridan unumli foydalanish, xususan, adirli erlarga yong‘oq, bodom, tok, unabi kabi ekinlar ekish lozimligini qayd etgan edi.
Shundan kelib chiqib, 2016 yilning 6-12 dekabr kunlari viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi mutaxassislari, tadbirkor va fermerlar Turkiyaning Istanbul, Anqara, Bursa, Yalova viloyatlari tog‘oldi hududlarida yong‘oq plantasiyalari tashkil etish tajribasini o‘rganib qaytdi. Ulardan biri Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Samarqand filiali direktori Jamshid Ahmadjonov shunday deydi:
“O‘rganishlarimiz natijasiga ko‘ra, ular orasida “Chantler” navi viloyatimiz iqlimi, havo, suv, er sharoitiga mos ekan. Shuni alohida aytish lozimki, Turkiyada etishtirilayotgan bir tup yong‘oq ko‘chatining narxi 7 AQSh dollariga teng. Agar yurtimizga keltirilishigacha bo‘lgan yo‘l xarajatini hisoblasak, bir tup ko‘chat 8 AQSh dollariga tushadi. Bu bog‘bon-u fermer uchun qimmatlik qiladi.
O‘zbekistonda yong‘oq va yong‘oq mevali o‘simliklar ko‘chatlarini etishtirish, plantasiyalar barpo qilish mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Unda chetdan qimmat narxda yong‘oq ko‘chatlari keltirish o‘rniga alohida maydonlarga o‘zimizning mahalliy navli yong‘oq urug‘ini ekib, bir yildan so‘ng Turkiya va boshqa davlatlardan uning novdasini keltirib, unga yuqori sifatda payvand qilish agrotexnikasi o‘rgatildi” - deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.
Kelgusi yilda “Chantler” navli yong‘oq ko‘chatini Urgut tumanining 4,5 ming gektar tog‘oldi va dasht hududiga ekish ko‘zda tutilgan. Ayni kunlarda maxsus dastur asosida nafaqat ushbu er maydonlari, balki tumanda yong‘oqdan tashqari bodom, tok, unabi kabi ekinlarni ekishga mo‘ljallangan 10 ming 200 gektar va Jomboy tumanining 300 gektar tog‘oldi hududidagi maydonlar ham bu mevalar plantasiyalarini tashkil etish uchun o‘zlashtirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi