20:57 / 16.02.2017
8 355

O‘zbekistonda 1 martdan terminalsiz savdo qilish va pulli xizmat ko‘rsatish taqiqlanadi

O‘zbekistonda 1 martdan terminalsiz savdo qilish va pulli xizmat ko‘rsatish taqiqlanadi

Shu yilning 1 martidan O‘zbekistondagi chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi barcha tadbirkorlik sub’ektlarida terminallar bo‘lishi majburiy hisoblanadi. Bu O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarorida belgilab qo‘yilgan, deb xabar qildi Kun.uz nashri.

Barcha savdo nuqtalarini terminallar bilan ta’minlashni jadallashtirish maqsadida terminallar qisqa muddatda etkazib berilib, tadbirkorlik sub’ekti ariza topshirgan kundan 3 kun ichida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Shuningdek, plastik kartochkalar orqali to‘lov qilmoqchi bo‘lgan xaridorlarga yuqori narxlar belgilanishiga yirik miqdordagi jarimalar belgilanadi. Agarda chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik sub’ektlari naqd yoki karta orqali hisob-kitob qilish shakliga qarab narxlarni sun’iy ravishda oshirsa yoki tushirsa, buning uchun eng kam ish haqining 30 baravari miqdorida jarima qo‘llanadi.

Davlat soliq qo‘mitasiga 10 kun ichida chakana savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarida terminallar mavjudligi, nazorat-kassa mashinalaridan foydalanish, talon va cheklarning berilishi, naqd pul tushumini to‘liq hajmda topshirish masalalari, narxlar sun’iy oshirilmayotgani yoki tushirilmayotgani bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazish vazifasi yuklangan.


Shu bilan birgalikda bu shakldagi tekshiruvlar Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasining maxsus ruxsatini talab etuvchi soliq tekshiruvi hisoblanmaydi.

Markaziy bank terminallarni ijaraga berish va ulardan tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan foydalanilishi mexanizmlarini qayta ko‘rib chiqish hamda yanada qulay sharoitlarni yaratish topshirig‘ini olgan.

Bundan tashqari, tadbirkorlik sub’ektlari iste’mol ehtiyojlari va ishlab chiqarish faoliyatini rag‘batlantirish hamda naqd pulsiz hisob-kitob tizimini rivojlantirish maqsadida Markaziy bankka xalqaro amaliyotdan foydalanib, aholini plastik kartochkalardan foydalangan holda qisqa muddatli kreditlashning zamonaviy mexanizmlarini kengaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi topshirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda 1 martdan terminalsiz savdo qilish va pulli xizmat ko‘rsatish taqiqlanadi