date

O‘zbekistonda GESlarda elektr ishlab chiqarish qariyb 21% ga kamaydi

O‘zbekistonda GESlarda elektr ishlab chiqarish qariyb 21% ga kamaydi

“O‘zbekgidroenergo” gidroelektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish keskin kamayganini tasdiqladi: ko‘rsatkich 20,7% ga pasaygan. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.

Kompaniya keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilda mamlakatdagi suv resurslari hajmi 33% ga qisqargan. Shunga qaramay, “samarali boshqaruv” va “mas’uliyatli yondashuv” hisobiga energiya ishlab chiqarish samaradorligi 15% ga oshirilgani ta’kidlandi. “O‘zbekgidroenergo” bu holatni suv kamayishiga qaramay ishlab chiqarishda imkon qadar yuqori samaradorlikka erishilgani bilan izohladi.

2025 yil yakunlariga ko‘ra, kompaniya “Uzenergostish”ga qariyb 6,5 milliard kVt⋅soat elektr yetkazib bergan. Taqqos uchun, 2024 yilda ishlab chiqarish 8,2 milliard kVt⋅soatni tashkil etgan.

Avvalroq energetika vaziri Jurabek Mirzamaxmudov Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi chiqishida yil davomida suv oqimi 35% ga kamayganini aytgan edi (kompaniya esa 33% deydi). Vazirning qayd etishicha, yangi kichik va mikro GESlar ham vaziyatni sezilarli darajada o‘zgartira olmagan: ularning umumiy ishlab chiqarishi atigi 140 million kVt⋅soat bo‘lib, bu mamlakat energotizimi uchun juda kam.

Shu bilan birga, aksiyadorlik jamiyati gidroenergetika loyihalariga jami 1,242 milliard dollar investitsiya jalb qilinganini ma’lum qildi. Mablag‘ning 43% i xorijiy sarmoya ekani xalqaro hamkorlik va ishonch yuqoriligidan dalolat berishi qayd etildi.

Loyihalar doirasida 85 ta obyekt ishga tushirilgan: 55 ta bosimli GES, 16 ta bosimsiz GES, 1 ta shamol elektr stansiyasi hamda 13 ta modernizatsiya qilingan obyekt. Natijada 841 MVt yangi quvvat yaratilib, energotizim imkoniyatlari kengaygani bildirildi.

Kompaniya matbuot xizmati bugun O‘zbekiston gidroenergetika salohiyati 2,5 GVtga yetganini, bu 2017 yilga nisbatan 52% ko‘p ekanini ta’kidladi. Strategiya nafaqat yangi quvvatlar barpo etish, balki mavjud inshootlarni yangilashni ham ko‘zlashi aytildi.

Biroq asosiy muammo suv tanqisligi bo‘lib turgan bir paytda quvvatni oshirish qanchalik o‘zini oqlashi savol ostida qolmoqda: suv inqirozi kuchayib borar ekan, yangi stansiyalar qurish va mavjudlarini kengaytirish samaradorligi pasayishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda GESlarda elektr ishlab chiqarish qariyb 21% ga kamaydi