date

Tibbiyot va farmatsiya xodimlarining ipoteka badalining bir qismini davlat to'laydi

Tibbiyot va farmatsiya xodimlarining ipoteka badalining bir qismini davlat to'laydi

O'zbekistonda sog'liqni saqlash va farmatsiya sohasida ishlayotgan mutaxassislar uchun yangi uy-joy imtiyozi joriy etildi. Endilikda davlat ipoteka asosida uy xarid qilayotgan ayrim xodimlarning boshlang'ich to'lovining bir qismini qoplaydi. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.

Belgilangan tartibga ko'ra, davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil mehnat stajiga ega bo'lgan 500 nafar tibbiyot va farmatsiya xodimi ushbu yordamdan foydalanishi mumkin. Ular uchun ipoteka bo'yicha boshlang'ich badalning 25 foizi davlat hisobidan to'lab beriladi.

Rasmiylarga ko'ra, mazkur chora sog'liqni saqlash tizimidagi kadrlarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, shuningdek ularning uzoq muddat ishlashga bo'lgan motivatsiyasini oshirishga qaratilgan. Imtiyoz 2026 yil 1 yanvardan kuchga kirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Tibbiyot va farmatsiya xodimlarining ipoteka badalining bir qismini davlat to'laydi