
3–12 yanvar kunlari O‘zbekiston bo‘ylab ingiz tili o‘qituvchilarining bilim darajasi va professional mahorati tekshiruvdan o‘tkazilgan, deb yozadi Kun nashri.
Natijalarga ko‘ra, umumta’lim maktablarida ingliz tilidan dars berayotgan 2869 o‘qituvchi professional malaka imtihonidan o‘ta olmagan. 17 250 (umumiy hisobdan 89,5 foizi) nafar o‘qituvchi esa bu sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov xabar beradi.
Tekshiruvdan o‘ta olmagan xodimlar uchun favqulodda malakani oshirish kurslari joriy etilishi rejalashtirilgan.
Hozirgi kunda, mamlakatimizdagi umumta’lim maktablarida 389 740 nafar o‘qituvchi faoliiyat olib boradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar