O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligida 2 oy ichida ikkinchi marta rahbar o‘zgardi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
Sog‘liqni saqlash vazirligidagi manbaning tasdiqlashicha, endilikda vazirlikni Alisher Shodmonov boshqaradi. U 2 oy muqaddam, 2016 yilning 13 dekabrida shu lavozimga tayinlangan Adham Ikromov o‘rnini egalladi.
Bu o‘zgarish sababi keltirilmagan. Adham Ikromov bosh vazir o‘rinbosari lavozimida ishlashni davom ettiradi.
Alisher Shodmonov (1962 yilda tug‘ilgan) — tibbiyot fanlari doktori, professor. Shu vaqtga qadar Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi edi («Adolat» partiyasi vakili).
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev fevral oyi boshida O‘zbekistondagi sog‘liqni saqlash tizimini tanqid qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Metabolizm sekinlashganining belgilari
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi