07:55 / 22.02.2017
6 122

2017 yilda O‘zbekistonga 2ta elektropoezd olib kelinadi

2017 yilda O‘zbekistonga 2ta elektropoezd olib kelinadi

Joriy yilda O‘zbekistonga Toshkent – Buxoro, Toshkent – Qarshi yo‘nalishlariga qo‘yilishi rejalashtirilgan ikkita yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoezd olib kelinadi. Qarshi – Termiz, Urganch – Xiva yo‘nalishlari ham elektrlashtiriladi, deb yozmoqda UZ24 sayti.

Bu haqda O‘zbekiston milliy matbuot markazida "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyatining 2016 yil ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati yakunlari va 2017 yilgi rejalariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

"O‘zbekiston temir yo‘llari" tomonidan 2016 yilda 68 million tonna yuk tashildi. 21,1 million yo‘lovchi o‘z manziliga etkazib qo‘yildi. 369 million dollar miqdorida eksport xizmatlari ko‘rsatildi. Aksiyadorlik jamiyati sanoat korxonalarida 422,5 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Tizimda 2 ming 300 ga yaqin ish o‘rni yaratilib, ishchilar soni 70 mingdan oshdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 2017 yilda O‘zbekistonga 2ta elektropoezd olib kelinadi