6 511
2015 yilning I choragida O‘zbekistonda 49,6 million dollarlik grant mablag‘lari jalb qilindi
O‘zbekistonda 2015 yilning birinchi choragida umumiy qiymati 49,6 million dollar bo‘lgan 76 ta grant jalb etildi, deb yozadi Kun.uz.
Jumladan, iqtisodiyot, moliyaviy bozor va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 0,7 million dollar miqdoridagi 4 ta grant mablag‘lari ajratildi.
O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasiga qiymati 29,6 million dollarni tashkil etuvchi 16 ta grant yo‘naltirilgan bo‘lsa, aholini ijtimoiy himoyalash hamda madaniyatni rivojlantirish ishlari uchun 1,6 million dollarlik 10 ta grant jalb qilindi.
Davlat xizmatlari tashkilotlarini moddiy-texnik ta’minlash va institusional rivojlantirish maqsadida esa 0,6 million dollardan iborat 5 ta grant mablag‘lari sarf etilmoqda.
Shu bilan birga, huquqni muhofaza qilish va bojxona organlari sohasining texnik ta’minoti masallari uchun 5,9 million dollar (2 ta grant) o‘zlashtirilgan bo‘lsa, zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etishga 1,2 million dollar (3 ta grant), shuningdek, ta’lim sohasida (xodimlar toifasi va malakasini oshirish, ularni o‘qitish) 5,9 million dollarlik 25 ta garnt mablag‘lari jalb qilindi.
Umumiy qiymati 0,4 millionni tashkil qilgan 2 ta grant ekologiya sohasidagi loyihalarni amaliyotgan tadbiq etish ishlariga jalb etilgan bo‘lsa, 2,4 million dollarlik 6ta grant qishloq va suv xo‘jaligini taraqqiy ettirishga yo‘naltirildi. 1,3 million dollarlik yana uchta grant O‘zbekistondagi boshqa yo‘nalishlarga safarbar etildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
AQSH raketalari yordamida yo‘llangan birinchi zarbalardan keyin Rossiya aksiyalari 2 mlrd dollarga quladi
Tramp Amerika razvedkasi ma’lumotlariga kirish huquqiga ega bo‘ldi
Taksi haydovchilari litsenziyasi narxi ikki barobarga qimmatlashdi