Joriy yilning 21 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Raisi D.Xidoyatov va Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi janob E.Utembaev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmatiga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Uchrashuvda qo‘mita raisi Xususiylashtirish dasturi haqida, shuningdek korporativ boshqaruv va xususiylashtirish sohasidagi amaliyotga tadbiq etilayotgan yangiliklar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi. Bular orasida bugungi kunda keng miqyosda amalga oshirilayotgan IPO dasturlari va investorlar huquqlarining to‘liq himoya qilish mexanizmlariga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Suhbat davomida taraflar mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish yo‘llari haqida fikr almashdilar. Xususiylashtirish dasturi mehmonda katta qiziqish uyg‘otdi va unga o‘z mamlakatlarining ishchi doiralarini keng jalb qilish kerak ekanligi ta’kidlandi. Investorlar uchun qiziqarli sohalar sifatida kimyo sanoati, turizm, transport, qurilish materiallari, moliyaviy va boshqalar ko‘rsatib o‘tildi.
Uchrashuv so‘nggida tomonlar hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan bir qator aniq chora-tadbirlar, jumladan mutasaddi tashkilotlar o‘rtasida aloqalarni kuchaytirish, tashkil etilayotgan biznes forumlarda ishtirok etish, tadbirkorlarning ishchi safarlarini tashkil etish hamda istiqbolli loyihalarni tashkil etish orqali investorlarning qiziqishlarini uyg‘otish kabilar belgilab olindi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi