
10 ming so‘mlik nominaldagi yangi banknotlar mart oyida muomalaga chiqariladi. «Kun.uz» nashri ma’lum qilishicha, ayni vaqtga kelib, bank bu jarayonda o‘z vazifalarini bajarib bo‘lgan va banknot bosmadan oldingi prosedurada.
Ma’lum qilinishicha, yangi kupyura dizayni avvalgi xabarlarda taxmin qilinganidek bo‘lmaydi, ya’ni unda inson surati aks etmaydi va dizayn bo‘yicha an’ana davom ettiriladi.
Bundan avvalgi xabarlarda ko‘p ehtimol bilan O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov surati bo‘lishi aytilgandi.
Qayd etilishicha, Markaziy bank Senatga 3 xil dizayndagi kupyurani taqdim etgandi. Ehtimol, shu namunalardan birida Islom Karimov suratini banknotda aks ettirish taklif etilgandi.
Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, banknot bosmaga topshirilishidan oldin bank saytida uning surati va boshqa ma’lumotlar e’lon qilinadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar