23 fevral kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan 16-Hukumatlararo yig‘ilishda Ochilboy Ramatov O‘zbekistonning Qozog‘iston bilan aloqalarni rivojlantirishdagi asosiy yo‘nalishlardan biri transport-tranzit tizimi ekanligini alohida qayd etdi.
"Biz bu yo‘nalishda bugungi Hukumatlararo yig‘ilish doirasida do‘stlik tranzitida o‘zaro manfaatli, imtiyozli sharoitlarni yaratishga kelishib olishni maqsad qilganmiz", - dedi O.Ramatov.
"Kun" nashrining xabar berishicha, O‘zbekiston Qozog‘iston hududiga optik tolalar, meva va sabzavotlar, mineral o‘g‘itlar, rangli metallar, to‘qimachilik mahsulotlarini etkazish taklifini berdi. O‘z o‘rnida, Qozog‘istondan don mahsulotlarini qabul qilish imkonini ko‘rib chiqilishi qayd etildi.
O.Ramatov yaqin vaqt ichida Toshkent-Samarqand yo‘nalishini Qozog‘istonning Maktaaral tumani orqali bog‘lovchi M-39 avtoyo‘lini ochish bo‘yicha kelishuvga erishishga umid bildirdi. Shuningdek Qozog‘iston tomonning transport sohasidagi yangi takliflarini, xususan, Olmaota-Toshkent o‘rtasida tezyurar poezdlar va avtobuslarni yo‘lga qo‘yish masalasini diqqat bilan o‘rganib chiqishga tayyor ekanini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”