11–12 mart kunlari O‘zbekistonda an’anaviy tarzda umumxalq xayriya hashari tashkil etiladi. Bu haqdagi farmoyish Vazirlar Mahkamasi tomonidan e’lon qilingan, deb yozmoqda Kun nashri.
Hashar mart—aprelda mamlakatning butun hududlari bo‘yicha e’lon qilingan obodonchilik va ko‘kalamzorlashtirish oyligi doirasida o‘tkaziladi.
Hashar davomida mahallalalar, aholi punktlari, ko‘p qavatli va xususiy uylar atroflari, guzarlar, maydonlar, ziyoratgohlar, ko‘chalar, trotuarlar, ariqlar va bolalar maydonchalari obodonlashtiriladi va tozalanadi. Mahalla va aholi yashaydigan dahalarda gul, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, bo‘sh turgan joylarda yashil hududlar tashkil qilinadi.
Bundan tashqari, muhtoj keksalarga, pensionerlar va imkoniyati cheklangan kishilarga ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda umumxalq hasharlari odatga ko‘ra har yili 21 mart kuni nishonlanadigan Navro‘z bayrami hamda 1 sentyabr – Mustaqillik kuni oldidan o‘tkaziladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin