Standard & Poor’s reyting agentligi O‘zbekiston bank sektorining xatarlarini baholadi

Standard & Poor’s kredit reytinglari xizmati «Bank sektorining dunyo bo‘ylab va sohaviy xatarlari bahosi: O‘zbekiston Respublikasi» hisobotini chop etdi, Bu haqda «Gazeta.uz»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.
Bank sektorining dunyo bo‘ylab va sohaviy xatarlarini baholash (BICRA) metodologiyasi bo‘yicha O‘zbekiston 8-guruhga kiritilgan bo‘lib, iqtisodiy xatarlarga «7», sohaviy xatarlarga «9» bahosi berilgan.
BICRA bo‘yicha davlatlar bank sektoridagi xatarlar darajasiga ko‘ra 10 guruhga bo‘lingan: 1-guruhda xavflar eng kam, 10-guruhda eng ko‘p hisoblanadi. 8-guruhga O‘zbekistondan tashqari Argentina, Ozarbayjon, Boliviya, Gruziya, Vengriya, Qozog‘iston, Livan, Nigeriya, Paragvay, Sloveniya, Shri-Lanka va Tunis kiritilgan.
Foto: Wikipedia “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing