O‘zbekiston Markaziy banki Rossiyaning bir qator ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, “Rossiya-24” telekanali orqali mamlakatda valyuta operasiyalarining to‘xtatilishi haqidagi axborotning tarqatilishi yuzasidan bayonot e’lon qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz. U milliy regulyatorning rasmiy saytida joylashtirildi.
“Rossiya Federasiyasi ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, “Rossiya-24” telekanali orqali tarqatilgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun valyuta operasiyalarining to‘xtatilishi haqidagi axborot yuzasidan bayon qilamizki, bu xabarlar uydirma va provokasiyadir, valyuta operasiyalariga hech qanday cheklovlar joriy qilinmagan”, – deyiladi hujjat matnida.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq, valyuta operasiyalarining o‘tkazilish hamda u bilan bog‘liq ravishda chet el valyutasining sotilishi yoki sotib olinishi hech qanday cheklovlarsiz amalga oshiriladi.
Shuningdek, ayni kunlarda dollarning rasmiy kursi “Rossiya telekanali ko‘rsatganday” 5 000 so‘m emas, balki 2 527 so‘mni tashkil qilishi qayd qilindi.
Bunday axborotning tarqatilishini Markaziy bank “provokasiya va uydirma” deb baholab, bayonotning Rossiya ommaviy axborot vositalarida rasmiy raddiya sifatida chop etilishini talab qildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
AQSH raketalari yordamida yo‘llangan birinchi zarbalardan keyin Rossiya aksiyalari 2 mlrd dollarga quladi
Tramp Amerika razvedkasi ma’lumotlariga kirish huquqiga ega bo‘ldi
Bitkoin qiymati 99 ming dollardan oshdi