O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi 10 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining to‘rt nafar deputati vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish haqida qarorlar qabul qilgan. Hujjatlar matni MSK saytida e’lon qilingan.
Jumladan, 42-Kosonsoy saylov okrugidan saylangan Sobitxon Turg‘unov O‘zbekiston Prezidentining Namangan viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri lavozimiga tayinlangani munosabati bilan deputatlik vakolati muddatidan avval tugatilgan.
18-Izboskan saylov okrugidan saylangan Alisher Shodmonov O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga tayinlangani munosabati bilan uning Oliy Majlis deputati vakolati muddatidan ilgari tugatilgan.
128-Sanoat saylov okrugidan saylangan Rustam Komilov O‘zbekiston Prezidentining Davlat maslahatchisi lavozimiga tayinlangani munosabati bilan uning deputatlik vakolati muddatidan ilgari tugatildi. 44 yoshli Komilov Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Shuningdek, 66-Yangier saylov okrugidan saylangan Dilfuza O‘rolova Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari — Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlangani munosabati bilan uning deputatlik vakolati muddatidan ilgari tugatildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi