08:14 / 14.03.2017
18 654

Toshkentdagi shifoxonalardan birida erkakka "homilador" ekanligini aytishdi

Toshkentdagi shifoxonalardan birida erkakka "homilador" ekanligini aytishdi

Poytaxtdagi Mirzo Ulug‘bek tumanidagi poliklinikalardan birida tahlil topshirgan erkak kutilmagan tashxisdan hayratda qoldi, deb yozmoqda Sof.uz sayti.

Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi erkak poliklinikalardan birida tahlil uchun qon va siydik topshirdi. Natijani bilish uchun kelganida esa unga homilador ekanligini aytishdi.

«Birinchi bergan savolim shu bo‘ldi: kimdan? Xotinimdanmi?». Ro‘yxatxonadagilar esa keskin javob qaytarishdi: «Boshimizni qotirmang».

Men ulardan tahlil natijalarini qaytadan tekshirib ko‘rishni, tahlillar almashib qolgan bo‘lishi yoki familiyamni noto‘g‘ri yozgan bo‘lishlari mumkinligini aytdim. Biroq ular hech qanday xato yuz bermaganini ta’kidlashdi: "Familiya sizniki, demak, xorionik gonadotropinlar (homilador ayollar gormoni) ham sizga tegishli. Sog‘liqni saqlash vazirligi adashmaydi. Salomat bo‘ling, deyishdi shifoxonadagilar.

Erkak o‘zining «homilador»ligidan aslo cho‘chib ketmaydi, balki hamshiralar bilan hazillashadi. Uning balki xakerlar poliklinika kompyuter tizimini buzishgandir, degan savoliga hamshiralar u adashib boshqa odamning qoni va siydigini ko‘tarib kelganligini aytib javob qaytarishadi.

«Hech bo‘lmasa nechanchi oyda ekanligimni aytinglar? Bunday gapni har kuni ham eshitmaydi odam», — deya davom etadi erkak.

«Tomosha ko‘rsatishni bas qiling! Bizda halol, vijdonan va bepul xizmat ko‘rsatiladi, istasangiz portalga yozing. Bizda bemorlar manfaati yuqori turadi, agar bilishni istasangiz, bemorlar bilan muloqotlar o‘tkazamiz», — deydi hamshiralardan biri.

Voqea almashib qolgan tahlil natijalarining topilishi bilan nihoyasiga etdi. Ma’lum bo‘lishicha, hamshiralardan biri tahlil natijasini homilador ayolning tahlili bilan almashtirib qo‘ygan ekan. Shifoxona xodimlarining o‘zlari ham qanday qilib bu hol yuz berganiga tushunishmadi.

Albatta, tahlillar almashib qolgani fojialimas, balki kulgili holatga olib keldi, agar erkak qaysarlik qilib turib olmaganida, "homilador"ligicha qolib ketardi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentdagi shifoxonalardan birida erkakka "homilador" ekanligini aytishdi