date

Hafta boshida O‘zbekistonda ob-havo qanday bo‘lishi aytildi


Hafta boshida O‘zbekistonda ob-havo qanday bo‘lishi aytildi

“O‘zgidromet” 23 fevral uchun ob-havo prognozini taqdim qildi. Unga ko‘ra, dushanba kuni havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol 3–8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4–6 daraja iliq, kunduzi 14–16 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuq–2 daraja iliq, kunduzi 1–6 daraja iliq bo‘ladi.

Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 5–10 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 3–8 daraja iliq, kunduzi 15–20 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–8 daraja iliq, kunduzi 13–18 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5–10 daraja iliq, kunduzi 18–23 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1–6 daraja iliq, kunduzi 13–18 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1 daraja sovuq–4 daraja iliq, kunduzi 8–13 daraja iliq bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Hafta boshida O‘zbekistonda ob-havo qanday bo‘lishi aytildi