21:06 / 15.03.2017
7 031

TATUga Muhammad al-Xorazmiy nomi berildi

TATUga Muhammad al-Xorazmiy nomi berildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-mart kuni “Toshkent axborot texnologiyalari universitetining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda “Daryo” xabar bermoqda.

Mazkur qaror bilan Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Muhammad al-Xorazmiy nomi berildi. Shuningdek, 2017/2018-o‘quv yilidan boshlab universitetda alloma nomini abadiylashtirish hamda uning merosini keng o‘rganish bilan bog‘liq qator tadbirlarni amalga oshirish belgilandi.

Qarorda axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyotning etakchi tarmoqlari va sohalari bilan ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarishning mustahkam aloqasini ta’minlash, an’anaviy tarzda respublika va xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazish kabi vazifalar belgilab qo‘yilgan.

Bundan tashqari, TATUning iqtidorli talabalari uchun beriladigan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiyani joriy etish haqida ham ko‘rsatma berilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » TATUga Muhammad al-Xorazmiy nomi berildi