Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi,
ta’lim sohasida yangi tartiblar o‘rnatiladi. Jumladan akademik liseylar bitiruvchilariga sertifikatlar beriladi, deb yozadi Sof.uz sayti.
«Akademik liseylar bitiruvchilariga aniq mutaxassisliklar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar berish ko‘zda tutilgan bo‘lib, ta’lim jarayoni yakuniga etganidan so‘ng ularga davlat namunasidagi sertifikat beriladi», deyilgan «O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorda.
Qarorda ta’lim jarayoni sifatini oshirish va akademik liseylar bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettirishi uchun alohida chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Unda:
akademik lisey o‘quvchilarining biriktirilgan oliy ta’lim muassasalari axborot-resurs markazlari va boshqa moddiy-texnik bazasidan foydalanish imkoniyatini kengaytirish;
har bir akademik liseyda o‘quvchilarning individual qobiliyatidan kelib chiqib, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalari, elektron ta’lim resurslari, o‘quvchilarning ijodiy va mustaqil izlanishlariga yo‘naltirilgan dasturlarni ishlab chiqish;
oliy ta’lim muassasalarining tajribali professor-o‘qituvchilarini akademik liseylarning pedagog kadrlariga patronaj sifatida biriktirish;
oliy ta’lim muassasalari faoliyatiga baho berishda ular tomonidan ta’lim samaradorligini oshirish bo‘yicha akademik liseylar bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratish nazarda tutilgan. Bu borada seminar-treninglar tashkil etish, ta’lim jarayoniga axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy qilish, xorijiy tillarni o‘zlashtirish, tajribali professor-o‘qituvchilar ishtirokida doimiy mahorat darslarini o‘tkazish, akademik lisey o‘qituvchilariga ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni baholash mezonlarini ishlab chiqish kabi masalalar qamrab olingan.
Bundan tashqari, qarorda akademik liseylar negizida bosqichma-bosqich tashkil etilayotgan kasb-hunar kollejlari uchun zarur ustaxonalarni barpo etish va jihozlash, shuningdek, soatbay asosida akademik liseylarda faoliyat ko‘rsatuvchi professor-o‘qituvchilarning oylik maoshini oshirish uchun davlat byudjetidan zarur mablag‘lar ajratilishi ko‘zda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi