00:32 / 17.03.2017
5 117

Toshkent taymerli svetoforlardan voz kechdi

Toshkent taymerli svetoforlardan voz kechdi

Toshkent shahrida raqamli tablo o‘rnatilgan taymerli svetoforlar o‘rnatish tajribasidan voz kechildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB'ga tayanib Kun.uz yozmoqda.

Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi vakilining aniqlik kiritishicha, shahar chorrahalarida shunday turdagi svetoforlar o‘rnatilishi yo‘l-transport hodisalari soni oshishiga sabab bo‘lgan. Shu kabi holatlar respublikaning boshqa shahar va tumanlarida ham kuzatilgan.

"Haydovchi soniyalar ortga qarab sanalayotgan elektron tabloga qarab yashil chiroqning oxirgi soniyasida ham harakatlanishda davom etishi va buning ortidan yo‘l-transport hodisasi ro‘y berishi mumkin. Darvoqe, bugungi kunda xorijda ham bunday svetorforlardan kam foydalanishmoqda. Masalan, Isroilda undan butkul voz kechishgan", degan mutaxassis.

U Toshkentda videokameralar o‘rnatilishi tufayli bunday svetroforlarning bo‘lishi o‘rinsiz ekanini ta’kidlab o‘tgan. Bunda svetoforlar chorrahalarda tartibsizlik keltirib chiqarishi qayd etilgan.

Taymerli svetoforlar o‘rnatish haydovchilardan biri o‘tgan yili Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasiga qilgan murojaati ortidan tajriba sifatida amalga oshirilgandi.

Shu bilan birga Toshkent viloyati va Andijonda raqamli svetoforlar ishlashi davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent taymerli svetoforlardan voz kechdi