
Buxoro viloyati prokuraturasiga yangi rahbar tayinlandi. Bu haqda Kun.uz yozmoqda.
“O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2017 yil 15 martdagi buyrug‘iga muvofiq 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi Valiev Bahriddin Bahodirovich O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan Buxoro viloyati prokurori etib 5 yil muddatga tayinlandi va mazkur prokuratura hay’ati raisi etib tasdiqlandi”, - deyiladi xabarda.
Avvalroq Samarqand viloyati prokuraturasiga yangi rahbar tayinlangani haqida xabar bergandik. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar