date

Tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha super kontrakt bekor qilinishi kutilmoqda

Tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha super kontrakt bekor qilinishi kutilmoqda

Tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha super kontrakt bekor qilinishi kutilmoqda. Bundan tashqari, odatiy kontrakt miqdorini keskin ko‘tarishmoqchi, haqiqiy xarajatlar miqdoridan kelib chiqib, so‘zlari zamirida aynan shu g‘oya yotibdi.

Lekin bu masala atrofida jamoatchilik fikri bir xil emas: turlicha munosabatlar paydo bo‘lmoqda. Ayrimlar qaror loyihasiga qarshi chiqib, aksincha oshirilgan to‘lov-kontrakt saqlanib qolishi, hatto uning miqdori oshirilishi kerak, degan fikrni bildirmoqda. Ularga ko‘ra, aynan shu yo‘l bilan tushadigan qo‘shimcha mablag‘lar OTMlarni moliyaviy jihatdan ancha mustaqil qilishi, ta’lim sifati va infratuzilmani yaxshilashga xizmat qilishi mumkin.

Shu bilan birga, “to‘lov qanchalik yuqori bo‘lishidan qat’i nazar, talabadan natija so‘rash kerak” degan keskin qarash ham uchraydi. Ya’ni muhokama faqat pul atrofida emas — ta’limda talabchanlik, xolis baholash va adolat tamoyillari masalasi ham kun tartibiga chiqyapti.

Eng katta xavotir esa odatiy to‘lov-kontrakt miqdorining oshishi bilan bog‘liq. Chunki narx keskin ko‘tarilsa, bu jamoatchilikda norozilik kayfiyatini kuchaytirishi mumkin: moddiy ahvoli og‘ir oilalar farzandlari 6–7 yil davomida yillik 30 mln so‘m atrofidagi to‘lovni to‘lashga qiynaladi. Natijada tibbiyot kabi muhim sohaga kirish imkoniyati oddiy oilalar uchun yanada cheklanib qolish xavfi paydo bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha super kontrakt bekor qilinishi kutilmoqda