date

O‘zbekistonda pomidor, kartoshka va olma narxi oshdi

O‘zbekistonda pomidor, kartoshka va olma narxi oshdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning fevral oyida inflyatsiya 0,6 foizni tashkil etdi.

Oy davomida ayrim meva-sabzavotlar narxida o‘sish qayd etildi. Xususan, pomidor 12,1 foizga qimmatladi. Bu ko‘rsatkich 2025 yil fevral oyiga nisbatan 12,5 foizga past bo‘lgan. Qovoq narxi 11,7 foizga oshgan bo‘lsa, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 57,1 foizga arzon holatda qolgan.

Shuningdek, kartoshka 5,0 foizga qimmatlab, 2025 yil fevral oyiga nisbatan 2,0 foizga yuqori qayd etildi. Bulg‘or qalampiri 4,2 foizga, olma 4,1 foizga, limon 3,6 foizga, banan 3,0 foizga oshdi. Sabzi va karam narxi ham 1,8 foizdan ko‘tarildi.

Qiyosiy raqamlarda olma 2025 yil fevral oyiga nisbatan 12,4 foizga, limon 90,0 foizga, banan 2,4 foizga, sabzi 8,8 foizga va karam 10,6 foizga yuqori bo‘ldi.

Ayni paytda ayrim mahsulotlarda pasayish ham kuzatildi. Jumladan, bodring 13,8 foizga arzonladi. Mandarin 5,6 foizga, apelsin 5,4 foizga, lavlagi 1,7 foizga tushdi. Piyoz narxi esa 0,9 foizga pasaygan.

Yillik taqqoslashda bodring 13,0 foizga arzon bo‘lgan bo‘lsa, mandarin 15,8 foizga, apelsin 6,8 foizga, lavlagi 8,3 foizga qimmat holatda qayd etildi. Piyoz esa 2025 yil fevral oyiga nisbatan 3,0 foizga past bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda pomidor, kartoshka va olma narxi oshdi