10:21 / 26.03.2017
6 179

Shavkat Mirziyoyev Toshkent motor zavodiga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev Toshkent motor zavodiga tashrif buyurdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Bektemir tumanidagi Toshkent motor zavodiga tashrif buyurdi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

Bektemir tumanidagi Toshkent motor zavodining umumiy er maydoni 5 gektar, bino va inshootlar maydoni 3 gektar. Hozir foydalanilmayotgan ushbu hududda ishlab chiqarishni tashkil etish uchun yaxshi imkoniyat, zarur infratuzilma bor.

Prezident ko‘rsatmasiga muvofiq zavod binolari korxona va tadbirkorlarga imtiyozli tarzda ijaraga berilmoqda. To‘lovlar boshqa joylardagiga nisbatan bir necha barobar arzonlashtirilgan. Bunday imtiyozlar tadbirkorlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Davlat rahbari zavod binolarini ishbilarmon va tadbirkorlarga bo‘lib berish, ularda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi. Korxonalarga qulaylik yaratish maqsadida bu erda "yagona darcha" markazi, minibanklar va boshqa xizmatlar tashkil etiladi. Milliy bank huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashadi.

Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy loyihalar taqdimoti ham o‘tkazildi.

O‘zbekiston Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi yuzasidan har bir tumanda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Ular asosida kam ta’minlangan oilalarni tadbirkorlikka jalb etish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha aniq reja ishlab chiqilgan.

Oilalarga kirib borish, odamlarning dunyoqarashini o‘zgartirish lozim. Odamlarning daromadi ko‘paysa, to‘lov qobiliyati ham yuqori bo‘ladi, mahalliy byudjetlarga pul mablag‘i ko‘proq tushadi. Hokimliklarda turli ijtimoiy ob’ektlar qurish imkoniyati kengayadi, yurtimizga yanada ko‘proq baraka kiradi, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu erning o‘zida Toshkent shahrida tashkil etilayotgan kichik sanoat zonalari va istirohat bog‘lari, tijorat banklari tomonidan amalga oshirilayotgan dori-darmonlar, qandolatchilik mahsulotlari, qurilish materiallari va mebel ishlab chiqarish, metallni qayta ishlash, tibbiyot va ko‘ngilochar maskanlar tashkil etish loyihalari ham namoyish etildi.

“Davlatimiz rahbari ushbu loyihalar bilan tanishib, ularning har biri haqida mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi”, - deyiladi xabar yakunida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev Toshkent motor zavodiga tashrif buyurdi