
Koreya respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari va ta’lim vaziri Li Chjun-Sik shu haftada O‘zbekistonga keladi, deb yozadi Kun.uz nashri.
Janubiy Koreya ta’lim vazirligiga ko‘ra, Li Chjun-Sik 27 martdan Qozog‘iston va O‘zbekistonga safarini boshlagan.
Koreya bosh vaziri o‘rinbosari O‘zbekistonda mamlakat rasmiy shaxslari bilan muzokaralar o‘tkazadi. Tomonlar davlatlar o‘rtasida strategik munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladilar.
Tashrif O‘zbekiston va Janubiy Koreya respublikalari o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan uyushtirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar