date

Bugun ham "metan zapravkalar" cheklangan vaqtda ishlaydi

Bugun ham "metan zapravkalar" cheklangan vaqtda ishlaydi

Bugun, 15 mart kuni mamlakat bo‘ylab metan “zapravka”lar yana qisqa vaqt davomida xizmat ko‘rsatishi ma’lum qilindi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, metan gaz quyish shoxobchalari soat 10:00 dan 16:00 gacha o‘z faoliyatini amalga oshiradi. Bu haqda Energetika vazirligi tomonidan tegishli axborot taqdim etildi.

Ma’lumotda aytilishicha, ayniqsa Farg‘ona vodiysi hududlarida metan “zapravka”larining ishlash tartibi mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda belgilanadi. Ya’ni gaz ta’minotidagi bosim darajasi va texnik imkoniyatlardan kelib chiqib, shoxobchalarning faoliyat vaqti muvofiqlashtiriladi.

Shuningdek, mas’ul idoralar tomonidan ta’kidlanishicha, bunday tartib avval ham qo‘llanilgan. Xususan, kecha — 14 mart kuni ham metan gaz quyish shoxobchalari aynan shu tartibda, belgilangan soatlar oralig‘ida xizmat ko‘rsatgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Bugun ham "metan zapravkalar" cheklangan vaqtda ishlaydi