O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya poytaxti Moskva shahriga etib bordi. «TASS» agentligiga asoslanib "Kun.uz" xabariga ko‘ra, O‘zbekiston rahbari mingan samolyot Moskvadagi «Vnukovo» aeroportiga qo‘ngan.
5 aprel kuni Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va bosh vazir Dmitriy Medvedev bilan muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Muzokaralarda O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli masalalar, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, transport-kommunikasiya, ilmiy-texnik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari atroflicha muhokama qilinadi.
Ikki davlat rahbarlari mintaqaviy va xalqaro dolzarb muammolar yuzasidan ham fikr almashadi.
Oliy darajadagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha ikki davlat Prezidentlarining Qo‘shma bayonoti qabul qilinishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»