5 704
Mirziyoyev Medvedev bilan uchrashuvda: Terrorizm chegara bilmas xavf, unga qarshi birlashish lozim
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federasiyasi hukumati Raisi Dmitriy Medvedev bilan uchrashdi. Bu haqda "O‘zA"ga tayanib "Kun.uz" xabar berdi.
Dmitriy Medvedev Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federasiyasiga tashrifidan minnatdor ekanligini bildirdi.
«O‘zbekiston Rossiyaning eng ishonchli hamkorlaridan biri. Ikki davlat turli sohalarda ishonchli hamkorlik qilib kelmoqda. Sizning tashrifingiz davomida juda katta loyihalar bo‘yicha kelishuvlarga erishish ko‘zda tutilgan. Men tashrifingiz samarali bo‘ladi va ikki do‘st davlatning hamkorligida yangi sahifa ochiladi, deb ishonaman», dedi Dmitriy Medvedev.
«Sankt-Peterburgda ro‘y bergan mash’um voqea munosabati bilan chuqur hamdardligimni qabul qilgaysiz. Terrorizm chegara bilmaydigan xavfdir, shu bois unga qarshi kuchlarni birlashtirgan holda kurashish lozim», – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident ushbu tashrif o‘zaro aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarish, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish uchun qulay imkoniyat ekanligini ta’kidladi.
«Bugungi muloqotlarimiz ko‘p sohalardagi hamkorligimizda yangi davrni boshlab berishiga ishonaman», – degan Shavkat Mirziyoyev.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi
Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Gaaga sudi Isroil harakatlarini tekshiruvdan o‘tkazmoqda
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Shimoliy koreyaliklarning aql bovar qilmaydigan 7 ta kundalik odati
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi