Shavkat Mirziyoyevning keyingi tashrifi Xitoyga bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyevning keyingi tashrifi Xitoyga bo‘ladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev may oyida Xitoyga ishchi tashrifini amalga oshiradi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Senatdagi qo‘mita raisi Sodiq Safoyev bilan uchrashuvda ishtirok etayotgan «Kun.uz» muxbiri xabar berdi.

Prezident Xitoy poytaxti Pekinda may oyida o‘tkaziladigan «Buyuk Ipak yo‘li» sammitida ishtirok etadi. Sammit doirasida, 14-15 may kunlarida «Bir mintaqa, bir yo‘l» shiori ostidagi oliy darajadagi xalqaro forum bo‘lib o‘tadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar