17 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni Komissiya raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov boshqardi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmatiga tayanib Kun.uz xabar bergan.
Majlisda A.Bobobekovning xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi deputati vakolati tugatilganligi munosabati bilan uning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi vakolati muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Shuningdek, Komissiya a’zolari 50-Registon saylov okrugidan saylangan deputat Marhabo G‘afurova hamda 85-Chinoz saylov okrugidan saylangan deputat Odiljon Tojiev boshqa ishga o‘tganliklari munosabati bilan ularning parlament quyi palatasi deputatlari vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida ham qaror qabul qilindi.
Majlisda Markaziy saylov komissiyasi vakolatiga taalluqli boshqa masalalar ham muhokama qilindi.
Ma’lumot uchun, Marhabo G‘ofurova Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari bo‘lgan, Odiljon Tojiev esa «Kamolot» YoIHga rais etib tayinlangan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin