23:06 / 18.04.2017
8 807

Tojikiston O‘zbekistondan buni kutmagandi

Tojikiston O‘zbekistondan buni kutmagandi
17 aprel kuni Tojikiston poytaxtida O‘zbekiston Respublikasi sanoat korxonalari mahsulotlarining milliy ko‘rgazmasi ochildi.
Ko‘rgazmada 160 dan ziyod kompaniya mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan 1 ming 500 turdagi mahsulotni namoyish etmoqda deb yozadi dia.uz.

Tashrif buyurayotgan tadbirkor va mahalliy aholi maxsulotlar bilan jiddiy qziqmoqda. Ko‘pchilikda sotib olish istagi bo‘lsada, ko‘rgazma ishtirokchilari kam nusxada maxsulot olib borganlari uchun sotishni ko‘rgazmaning so‘nggi kuniga mo‘ljallamoqdalar. Ulardan farqli o‘laroq,"krember" brendi ostida qandolat maxsulotlarini ishlab chiqaruvchi "murot chocolate" qo‘shma korxonasi shirinliklarini navbatda turib xarid qilishdi.

Umuman olganda ko‘rgazmadan o‘rin olgan kabel, farmasevtika, santexnika, to‘qimachilik, charm mahsulotlari, o‘quv-laboratoriya uskunalari, qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, chinni buyum va idishlar, yengil va yuk avtomobillari, yo‘lovchi avtobuslari taqdim etilgani ko‘rgazmaga tashrif buyurganlarda hayrat uyg‘otmoqda. Aholi ko‘rgazma mahsulotlarini tomosha qilib O‘zbekistondagi rivojlanish yuqori darajada ekanligiga baho berishmoqda. Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan mehmonlarning aksariyati O‘zbekiston iqtisodiyotidan bunchalik eksportbop mahsulotlar ko‘pligi va sifatli ekanligini kutmaganini tan oldi.

Tadbir doirasida tashkil qilinadigan biznes-forum va seminarlarda O‘zbekiston va Tojikiston ishbilarmon doiralarining 500 dan ortiq vakili qatnashib, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama etadi. Bu ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni faollashtirish va tashqi savdo hajmini oshirishda muhim ahamiyatga egadir.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Tojikiston O‘zbekistondan buni kutmagandi