18 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni 16 aprel kuni bo‘lib o‘tgan referendumning muvaffaqiyatli natijalari bilan tabrikladi.
"O‘zbekiston Prezidenti mamlakatlarimiz orasida o‘zaro hurmat va ishonch tamoyillariga asoslangan yaqin hamkorlik munosabatlari tobora faollashib borayotganidan mamnunligini ta’kidladi va qardosh o‘zbek va turk xalqlari o‘rtasidagi do‘stona aloqalar yaqin istiqbolda sifat jihatdan yangi pog‘onaga ko‘tarilishiga ishonch bildirdi", — deyilgan O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabarida.
Qayd etilishicha, Mirziyoyev Turkiya prezidentiga sihat-salomatlik, baxt-saodat va mas’uliyatli faoliyatida yangi zafarlar, qardosh Turkiya xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va doimiy taraqqiyot tilagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi