15:21 / 24.04.2017
8 264

“Bozorkom” o‘zlashtirgan milliardlar oshkor bo‘ldi

“Bozorkom” o‘zlashtirgan milliardlar oshkor bo‘ldi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudi o‘g‘irlik va kamomad uchun "Mirbozor bozori" MChJ raisi va uning qo‘l ostidagilardan iborat 12 hamtovog‘ini turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qildi, deb xabar beradi dia.uz sayti.

Sudlov instansiyalaridan tushuntirishlaricha, Narpay tuman "Mirbozor bozori" mas’uliyati cheklangan jamiyati raisi Ravshan Turdiev jinoiy guruh tuzib, unga qo‘l ostidagilarni jalb etgan va noqonuniy moliyaviy operasiyalarni amalga oshirish orqali davlat manfaatlariga katta miqdorda zarar etkazgan.

Aniqlanishicha, R.Turdiev xizmat mavqeini suiiste’mol qilib, 400 savdo do‘koni va 2000 rastaning ijarasi haqida soxta hujjat tayyorlagan. Shu yo‘l bilan u har oyda tushgan majburiy yig‘imlarni yashirgan va katta qismini o‘zlashtirgan. Xuddi shu tarzda jinoiy guruh a’zolari kunlik to‘lovlarni yig‘ishda qonunga xilof ravishda faoliyat yuritishgan. "Bozorning 2013 yildan 2015 yilgacha bo‘lgan davridagi faoliyati tekshirilganda moliyaviy hujjatlarning qalbakilashtirilgani va 1 milliard 521 million so‘m o‘g‘irlangani aniqlandi.

R.Turdiev boshchiligida uyushgan jinoiy guruh a’zolari tomonidan 787 million so‘mdan ziyod soliq yig‘imlari qasddan yashirib qolingan. Bundan tashqari, bozor ma’muriyati mahalliy hokimiyat organlarining ruxsat beruvchi hujjatlarisiz avtomobillar to‘xtash joyi tashkil qilib, foydalanganlar. Undan tushgan noqonuniy tushumlar 142 million so‘mni tashkil qildi", – deya ta’kidladi sud vakili.

Sud hukm chiqarishda uyushgan jinoiy guruh a’zolari tomonidan etkazilgan zarar qisman qoplanganini hisobga oldi. R.Turdiev va uning 12 sherigi turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etildi va davlatga etkazilgan 1,46 milliard so‘mdan ziyod zararni qoplaydigan bo‘ldilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » “Bozorkom” o‘zlashtirgan milliardlar oshkor bo‘ldi