Toshkentda issiqda avtobus kutish endi ancha qulay bo‘lishi mumkin

Toshkentda issiqda avtobus kutish endi ancha qulay bo‘lishi mumkin

Toshkentda yozgi jazirama kunlarda yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida sovutish tizimiga ega aqlli bekatlar o‘rnatilmoqda.

Bunday bekatlarda haroratni pasaytirishga yordam beruvchi sun’iy intellekt asosidagi ventilyatsiya tizimlari ishga tushiriladi. Bu ayniqsa 40 darajali issiqda avtobus kutayotgan yo‘lovchilar uchun muhim qulaylik bo‘lishi kutilmoqda.

Pilot loyiha muvaffaqiyatli natija bersa, kelgusida bunday aqlli bekatlar Toshkentning boshqa hududlarida ham o‘rnatilishi mumkin.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar